Asosiy kontentga o'tish

Biznesingizni Raqamlashtiramiz va Jarayonlarni Avtomatlashtiramiz

Veb-saytlar, mobil ilovalar, Telegram WebApp hamda CRM/ERP tizimlar orqali biznesingiz samaradorligi va daromadini oshiring.

  • NDA kafolati
  • 30 kun bepul support
  • Muddat kafolati

Nega Byterado?

Biz shunchaki kod yozmaymiz — biznesingiz uchun javobgarlikni zimmamizga olamiz.

NDA Kafolati

Tijorat sirlari va biznes ma'lumotlaringiz maxfiyligi rasmiy shartnoma bilan himoyalanadi.

1 Oylik Bepul Support

Ish topshirilgandan so'ng 30 kun davomida bepul monitoring, tuzatish va texnik yordam.

Aniq Muddat va Jarima

Loyiha o'z vaqtida topshirilmasa, shartnomadagi jarima bandi biz uchun ishlaydi.

Custom Yechimlar

Tayyor shablonlarsiz. Aynan sizning biznesingizga mos arxitektura va toza kod.

Tugatilgan loyiha
40+
Yillik tajriba
5
Doimiy mijoz
18

Xizmatlar va Yechimlar

Biznesingizning har bir bosqichi uchun to'liq texnologik stek.

01

Biznesni Raqamlashtirish va Avtomatlashtirish

Qo'lda bajariladigan jarayonlarni tizimga o'tkazamiz — vaqt, pul va asab tejaladi.

  • CRM va ERP Tizimlar

    Sotuvlar, mijozlar va xodimlarni yagona tizimda boshqaring.

  • Ombor va Moliya Hisobi

    Kirim-chiqim nazorati va avtomatlashtirilgan moliyaviy hisobotlar.

  • Analitik Dashboardlar

    Rahbarlar uchun real vaqtdagi biznes-metrikalar va KPI monitoring.

  • HR va Hujjat Aylanishi

    Ichki jarayonlar, arizalar va hujjatlarni avtomatlashtirish.

02

Telegram Botlar va Mini Apps

Mijozlaringiz allaqachon Telegramda. Biznesingizni ular turgan joyga olib boramiz.

  • Telegram Mini Apps

    Telegram ichida to'liq interfeysli e-commerce yoki xizmat platformasi.

  • To'lov Botlari

    Click, Payme, Uzum Bank va Stripe integratsiyasi.

  • Bron va Navbat Botlari

    Klinika, restoran va xizmat ko'rsatish sohalari uchun.

  • CRM-Integratsiyalashgan Botlar

    Avtomatik lid yig'ish va buyurtmalarni tizimga yuborish.

03

Veb-saytlar va Mobil Ilovalar

Tez, chiroyli va konversiyaga yo'naltirilgan mahsulotlar.

  • Web

    Landing Page, korporativ saytlar, e-commerce platformalar.

  • Mobile

    iOS va Android uchun native hamda cross-platform (Flutter, React Native) ilovalar.

Loyihangiz narxini hisoblang

3 ta savolga javob bering — taxminiy byudjet va muddatni bir daqiqada bilib oling.

Qadam 1 dan 3

Loyiha turini tanlang

Sizga eng mos keladigan yo'nalishni belgilang.

Loyihalar va natijalar

Har bir loyiha ortida o'lchanadigan biznes natija turadi.

Milliy Taomlar

Restoran uchun Telegram buyurtma tizimi

tezroq qayta ishlash
3x
o'rtacha chek
+22%
yo'qolgan buyurtma
0
  • Aiogram
  • FastAPI
  • PostgreSQL
  • Redis

Optom Savdo

Ulgurji savdo uchun CRM va ombor tizimi

sotuvlar o'sishi
+40%
hisobot tayyorlash
5 min
avtomatlashtirilgan jarayon
12
  • NestJS
  • React
  • PostgreSQL
  • Docker

Klinika uchun bron va navbat boti

qo'ng'iroqlar
-65%
kelmay qolish
9%
bron qilish
24/7
  • Telegraf
  • Node.js
  • MongoDB
  • Celery

TransLine

Logistika kompaniyasi uchun analitik dashboard

bo'sh yurish
-18%
oylik tejamkorlik
$9K
ma'lumot
real-time
  • Go
  • Next.js
  • Nginx

Atlas Store

Kiyim brendi uchun e-commerce platforma

konversiya
3.4%
PageSpeed ball
96
onlayn sotuv
+2.8x
  • Next.js
  • TailwindCSS

PowerFit

Fitnes klub uchun mobil ilova

uzaytirish
+34%
davomat
+21%
do'kon reytingi
4.8★
  • Flutter
  • NestJS
  • PostgreSQL

Ishlash bosqichlari

Shaffof jarayon: har bosqichda nima bo'layotganini bilib turasiz.

  1. 01

    Biznes-analiz va TZ

    Talablarni yig'amiz, jarayonlarni o'rganamiz va texnik topshiriq tuzamiz.

    3–5 kun

  2. 02

    UI/UX va Prototip

    Interfeys va foydalanuvchi yo'lini loyihalaymiz, prototipni tasdiqlaymiz.

    5–10 kun

  3. 03

    Dasturlash

    Frontend, backend va bot arxitekturasini quramiz. Har hafta demo.

    2–8 hafta

  4. 04

    Integratsiya va Testlash

    QA testlash, to'lov va uchinchi tomon xizmatlarini ulash.

    3–7 kun

  5. 05

    Topshirish va O'qitish

    Serverga joylashtiramiz, xodimlarga yo'riqnoma va video darslik beramiz.

    2–3 kun

Texnologiyalar steki

Har bir vazifa uchun eng mos vositani tanlaymiz — moda uchun emas, natija uchun.

Telegram va Botlar

Telegram va Botlar: Aiogram, Telegraf, Telegram WebApp SDK, Redis, Celery, Python

Frontend

Frontend: React, Next.js, TypeScript, TailwindCSS, Framer Motion, Flutter

Backend

Backend: FastAPI, Django, NestJS, Node.js, Go, GraphQL

Database va DevOps

Database va DevOps: PostgreSQL, MongoDB, Docker, Nginx, AWS, DigitalOcean

Jamoa va madaniyat

Kichik, tajribali va natijaga bog'langan jamoa.

Shamshod

Shamshod

Backendchi

Shakhzod R.

Lead Developer

Nilufar A.

UI/UX Dizayner

Jasur T.

Biznes-analitik

Bekzod M.

DevOps muhandisi

Dilnoza K.

Project Manager

Mijozlar fikri

Natijalar haqida mijozlarimiz gapirsin.

Bizga ishonganlar

Bizga ishonganlar: Milliy Taomlar, Optom Savdo, MedLine, TransLine, Atlas Store, PowerFit, Zamin Group, TechnoPark

Telegram bot ishga tushgan birinchi oyda buyurtmalar soni ikki baravar oshdi. Eng muhimi — jamoa muddatni bir kunga ham kechiktirmadi.
Sardor Yo'ldoshevTa'sischi, Milliy Taomlar
Ilgari oylik hisobotni tayyorlashga bir kun ketardi. Endi dashboard'ni ochaman va hamma raqam ko'z oldimda. Bu bizning ish uslubimizni o'zgartirdi.
Kamola RasulovaMoliya direktori, Optom Savdo
Registratura xodimlari endi qo'ng'iroqqa emas, bemorga vaqt ajratadi. Bot navbatni to'liq o'z zimmasiga oldi.
Doniyor AliyevBosh shifokor
Sayt shunchalik tez ishlaydiki, reklama byudjetimiz samaradorligi sezilarli oshdi. Konversiya deyarli uch baravarga ko'tarildi.
Nodira KarimovaMarketing rahbari, Atlas Store

Tez-tez beriladigan savollar

Javobini topa olmadingizmi? Bizga yozing — 15 daqiqada javob beramiz.

Loyiha narxi qanday shakllanadi?

Narx uchta omilga bog'liq: funksiyalar hajmi, integratsiyalar murakkabligi va muddat. Kalkulyatorimiz dastlabki diapazonni beradi, aniq raqam esa biznes-analiz va texnik topshiriqdan keyin shakllanadi. Biz hech qachon jarayon o'rtasida kutilmagan qo'shimcha to'lov qo'ymaymiz.

Loyiha qancha vaqtda tayyor bo'ladi?

Telegram bot — 2 dan 6 haftagacha. Landing yoki korporativ sayt — 1 dan 4 haftagacha. CRM/ERP tizim — 8 dan 16 haftagacha. Shoshilinch rejimda muddat 30% ga qisqaradi. Aniq muddat shartnomada qayd etiladi.

Topshirilgandan keyin qo'llab-quvvatlash bormi?

Ha. Loyiha topshirilgach 30 kun davomida bepul monitoring, xatolarni tuzatish va texnik yordam ko'rsatamiz. Keyinchalik oylik support shartnomasini tuzish mumkin.

Telegram WebApp oddiy saytdan nimasi bilan afzal?

Foydalanuvchi hech narsa yuklab olmaydi va ro'yxatdan o'tmaydi — u allaqachon Telegramda. Bu konversiyani sezilarli oshiradi. Bundan tashqari push-xabarnomalar bepul, to'lovlar Telegram ichida amalga oshadi va mijoz bazasi to'g'ridan-to'g'ri sizda qoladi.

To'lov qanday tartibda amalga oshiriladi?

Odatda 3 bosqichda: 40% oldindan (biznes-analiz va dizayn), 30% dasturlash o'rtasida, 30% topshirishda. Yirik loyihalarda sprintlar bo'yicha bo'lib to'lash mumkin.

Ma'lumotlarimiz maxfiyligi qanday himoyalanadi?

Ish boshlanishidan oldin NDA (maxfiylik shartnomasi) imzolaymiz. Kirish huquqlari cheklangan, serverlar himoyalangan, kod va ma'lumotlar bazasi uchinchi tomonga uzatilmaydi.

Kodni o'zimizga berasizmi?

Ha. Loyiha to'liq to'langandan so'ng manba kodi, ma'lumotlar bazasi va barcha hujjatlar sizga o'tadi. Siz istagan vaqtda boshqa jamoa bilan davom ettirishingiz mumkin.

Texnologiyalarni kim tanlaydi?

Biz tavsiya qilamiz, siz tasdiqlaysiz. Tanlov loyiha talablari, kutilayotgan yuklama va kelajakdagi kengaytirish rejalaridan kelib chiqadi. Har bir tanlovni oddiy tilda tushuntiramiz.

Mavjud tizimimizni qayta ishlab chiqa olasizmi?

Ha. Avval audit o'tkazamiz: kod holati, arxitektura va texnik qarz baholanadi. Keyin ikki variantni taqdim etamiz — bosqichma-bosqich yangilash yoki noldan qayta qurish, har birining narxi va risklari bilan.

Loyihangizni muhokama qilamiz

Formani to'ldiring — 15 daqiqa ichida bog'lanamiz va bepul konsultatsiya beramiz.